AsosiyJamiyat

“Mavjud qarorlar nega amalda ishlamayapti?”

'“Mavjud qarorlar nega amalda ishlamayapti?”'ning rasmi

— Mavjud qarorlarga ko`ra, qishloq joylardagi o`qituvchilar to`liq, shahardagi o`qituvchilar 50 foiz kommunal to`lovlardan ozod etilishi kerak. Qanchadir kub metr hajmda gaz bilan ham bepul ta`min lanadi, deyilgan. Nega amalda buning ijrosini ko`rmayapmiz? 

Rahim Jumaqulov, Surxondaryoviloyati, Boysuntumani

 

T. KOMILOV, Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari:

Prezidentimizning “Barcha turdagi maktablar o`qituvchilari, bolalar uylari tarbiyachilariga beriladigan qo`shimcha imtiyozlar, yuqori sinflar o`qituvchilarining ish haqini oshirish to`g`risida” 1990 yil 13 noyabridagi Farmoni 3-bandining 2-xatboshi bilan ifodalangan

► qishloq joylarda va shahar tipidagi posyolkalarda istimoqatqilayotgan maktab o`qituvchilari va bolalar uylarining tarbiyachilari kvartira haqidan va kommunal xizmat (suv ta`minoti, gaz, elektr va issiqlik energiyasi) haqini to`lashdan ozod qilinishi;

► shaharda yashovchi maktab o`qituvchilari va bolalar uylarining tarbiyachilariga kvartira haqi va kommunal xizmat haqining 50 foizi miqdorida imtiyozlar berilishi;

► markaziy isitish sistemasiga ega bo`lgan uylarda yashovchilarga belgilangan normalar doirasida sotib olinadigan yoqilg`i haqi berilishi to`g`risidagi norma Prezidentimizning 2001 yil 17 apreldagi Farmoniga muvofiq o`z kuchini yo`qotgan.

Shu bilan birga mazkur masalani qamrab olgan navbatdagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlangan tegishli ro`yxatlar Prezidentimizning

► 2001 yil 17 apreldagi “Kommunal xizmat ko`rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to`g`risida”gi Farmoni 3-ilovasi (Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to`lash bo`yicha imtiyozlar beriladigan shaxslar toifalarining ro`yxati);

► 2003 yil 27 martdagi “2005 yilning1 mayidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to`g`risida”gi Farmoni ilovasi (Uy-joy-kommunal xizmatlar bo`yicha beriladigan imtiyozlar o`rniga oylik kompensasiya pul to`lovlari beriladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro`yxati);

► 2005 yil 13 apreldagi “2005 yilning 1 mayidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to`g`risida”gi Farmoni ilovasi ham o`z kuchini yo`qotgan.

Ayni paytda amaldagi qonun hujjatlari bilan pedagogik xodimlar, xususan, shahar va qishloq maktablaridagi o`qituvchilarga nisbatan kommunal to`lovlardan ozod etish bo`yicha imtiyozlar berilmagan.

 

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar