Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, «O`zeltexsanoat» uyushmasi va «CHINT Electric» O`zbek-Xitoy qo`shma korxonasi bilan hamkorlikdaToshkent davlat texnika universiteti hududida 10 kVa/soat quvvatiga ega 40 ta quyosh panellari o`rnatildi.
Loyiha doirasida universitetning Energetika fakulteti talabalari va o`qituvchilari uchun «Elektr uskunalarini tekshirish va nazorat qilishni innovasion boshqarish o`quv-laboratoriya xonasi» ham to`liq jihozlab berildi.
Zamonaviy jihozlangan laboratoriyada talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari va ixtirolarini sinovdan o`tkazish, elektr uskunalarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Bu esa elektrotexnika sanoati sohasida kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan yaxshilanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.






