AsosiyJamiyat

“Mening mahallamda jinoyat sodir bo`lmasligi kerak...”

'“Mening mahallamda jinoyat sodir bo`lmasligi kerak...”'ning rasmi

Ayni kunlarda IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan Navoiyviloyatidagi shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo`linmalari boshliqlari (katta tezkor vakillari), migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`linmalari, yo`l harakati xavfsizligi hamda jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta`minlash xizmatlari xodimlari uchun sayyor o`quv yig`inlari o`tkazilmoqda.

– O`quv yig`inlarida Davlatimiz Rahbari tomonidan ilgari surilgan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid dolzarb vazifalarga, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga, sohaga oid qabul qilingan yangi qonun hujjatlarining talablari bilan tanishtirishga va ular asosida xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda, – deydi Navoiy viloyati IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori, kapitan Dildora To`raeva. – Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “O`z Vatanini, ona xalqini ravnaq toptirish uchun o`zini ayamasdan mehnat qilish: bu – jasorat va mardlik, bu – ona yurtga muhabbat va sadoqat, bu – to`g`ri tarbiya va amaliy namuna” ekanligi misollar orqali tushuntirib berilmoqda.

Shuningdek, o`quv yig`inlari doirasida Institut professor-o`qituvchilari tomonidan ta`lim muassasalarida ma`naviy-ma`rifiy uchrashuvlar hamda huquqiy targ`ibot tadbirlari ham uyushtirib kelinmoqda. 

Xususan, Karmana tumanida joylashgan 15-sonli hamda Nurota tumanida joylashgan 55-sonli umumta`lim maktablari o`quvchilari bilan “Tinchlik va osoyishtalikni saqlashda yoshlar mas`uliyati” mavzusida o`tkazilgan tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlikning qadriga etish, Vatanimiz mustaqilligi uchun kurashgan ajdodlarimiz faoliyatini yoshlarga tushuntirish va o`rnak qilib ko`rsatish, ularda “Mening mahallamda jinoyat sodir bo`lmasligi kerak” tuyg`usini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg`otish haqida so`z yuritildi. 

– Ushbu tadbir biz yoshlarda vatanparvarlik, fidoiylik va yurtga sadoqat tuyg`usini yana bir bor anglab olishga katta turtki bo`ldi, – deydi Nurota tumanidagi 55-sonli umumta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi Aslan Raxmatov. – Ayniqsa, o`tkazilgan mazkur tadbir doirasida tashkil etilgan “Yoshlar o`rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi” mavzusidagi viktorina maktab o`quvchilarida katta qiziqish uyg`otdi. 

Viktorinada faol ishtirok etgan va savollarga to`g`ri javob bergan o`quvchilar badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar.

Shu bilan birga, Institut professor-o`qituvchilari tomonidan kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar, yakka yolg`iz keksa avlod vakillari holidan xabar olish kabi xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, Karmanatumani “Talqoq” mahallasida yashovchi, 
1940 yilda tug`ilgan, 1-guruh nogironi Jo`ra G`ofurov hamda Nurota tumani “Bo`doq” mahallasida istiqomat qiluvchi, 2014 yilda yurak-qon tomir kasalligiga chalingan va harakatlanishi cheklanib qolgan, 
1945 yilda tug`ilgan Latifa Ko`lievalarning holidan xabar olindi.

Institut professor-o`qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o`quv yig`inlari, ta`lim muassasalarida targ`ibot tadbirlari hamda kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar