O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Shavkat Mirziyoev joriy yilning 17-18 oktyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Denov tumanidagi Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli harbiy qismda bo`lib, askarlarning ma`naviyatini oshirish bo`yicha bir qator topshiriqlar bergan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta`minlash maqsadida Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi viloyat bo`limi tashabbusi bilan mazkur harbiy qismda shoir, yozuvchilar, baxshilar ishtirokida ma`naviy-ma`rifiy uchrashuv bo`lib o`tdi.
Tadbirda ishtirok etganlar bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan harbiy hizmatchilarga munosib sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan keng ko`lamli ishlar to`g`risida batafsil ma`lumot berib o`tdi.
Mamlakatimiz Prezidenti harbiylar bilan muloqotda “Harbiylar xalqimizning ma`naviy etuk farzandlari bo`lishi kerak. Buning uchun shaxsiy tarkibning ma`naviy etukligini, harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini yuksaltirish lozim. Siz Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk ajdodlarimiz vorislari ekanligingizni doim his qilib, shunga munosib xizmat qilsangiz, yoshlarimiz vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat tuyg`ularini sizlardan o`rganadi”, – deb ta`kilagan edi.
Shu nuqtai nazardan olganda harbiy xizmatchilarda vatanparvarlik, mardlik, fidoyilik, yurtga sodiqlik kabi xislatlarni shakllantirishda albatta kitobning o`rni muhimdir. Jumladan, bu borada xalq og`zaki ijodining nodir namunalari bo`lgan dostonlar ahamiyati nihoyatda yuqori. Ayni shularni inobatga olgan holda, viloyat Ma`naviyat va ma`rifat bo`limi tomonidan chop etilgan “Alpomish”, “Malla savdogar”, “Otin qoboq” nomli turkum dostonlar hamda “Kuyla Surxonim do`mbirasi” kabi baxshilarning risolalari, shuningdek, vohada yashab ulg`aygan termiziylar haqidagi qimmatli manbalarni o`zida aks etgan “Buyuk Termiziylar”, “Imom Termiziy va Termiziy allomalar” kabi kitoblar jamlanmasi harbiy qism kutubxonasiga sovg`a tariqasida taqdim etildi.
Tadbir davomida joriy yilda viloyatda o`tkazilgan baxshilar ko`rik-tanlovining viloyat bosqichi g`olibi, iste`dodli baxshi Ravshan baxshi Mamatmurodov tomonidan Alpomish, Go`ro`g`li turkumiga kiruvchi dostonlardan parchalar, termalarning kuylanishi, ijodkorlar tomonidan dostonlarning mohiyatini suzlab berilishi, shoirlar tomonidan she`rlarning o`qilishi harbiylarga ko`tarinki ruh baxsh etdi.
Uchrashuvdan ruhlangan Ravshan baxshi mazkur harbiy qismga do`mbira sovg`a qildi. Har hafta “Ma`naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni”da kelib, baxshichilik san`atidan harbiylarga saboq berib, shogirdlar etishtirib chiqarishga va`da berdi.
Denovlik iste`dodli chanqovuzchi Doston tomonidan esa surxon milliy musiqa asbobi hisoblangan chanqovuzda kuy chalishi askarlarni maftun etib qo`ydi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar depart






