22 oktyabr va 23 oktyabr tongida Toshkent shahridagi meteorologik sharoitlar shaharning havo muhitida zararli moddalarning juda oz tarqalishiga imkoniyat yaratdi.
Stasionar postlarning kuzatuv ma`lumotlariga ko`ra quyidagi tumanlarda havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me`yor (REM b.m.) dan ortgani qayd etilgan.
Azot dioksidi bo`yicha:
Yashnobod, Chilonzor, Mirobod, Yunusobod tumanlarida REM b.m. dan yuqori 6 holat kuzatildi.
Chang bo`yicha:
Yashnobod tumanida REM b.m. dan yuqori 1 holat kuzatildi.
Boshqa tumanlarda olingan ma`lumotlar bo`yicha zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me`yor (REM b.m.)dan yuqori bo`lgani kuzatilmadi.
25 oktyabr va 26 oktyabr tongida Toshkent shahridagi ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning bir oz yig`ilishiga imkoniyat yaratadi.






