AsosiyJamiyat

Insonlarning dardu-tashvishlarini o`ylab yashash odamiylikning eng oliy mezonidir

'Insonlarning dardu-tashvishlarini o`ylab yashash  odamiylikning eng oliy mezonidir'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish bo`yicha joylarda o`tkazilayotgan sayyor o`quv yig`inlari mobaynida hududiy ichki ishlar organlari xodimlari va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda mahallalarda istiqomat qilayotgan kam ta`minlangan oilalar, yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olinyapti.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, keksalar va nogironligi bor shaxslarni qo`llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish, og`irini engil qilish, hayotdan rozi bo`lib yashashiga ko`maklashishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

– Uyda nogiron qizim va nevaram bilan o`tirganimizda, bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari xonadonimizga tashrif buyurishdi, – deydi Olmazor tumani “Jiydali” mahallasida yashovchi 1948 yilda tug`ilgan Lutfiniso Mirzarahimova. – Ularni ko`rib juda xursand bo`ldim, oilangizdan xabar olgani keldik deyishganida boshim osmonga etdi. 38 yoshimda turmush o`rtog`im og`ir kasaldan vafot etdi, ulardan keyin 1 nafar qizim, 1 nafaro`g`lim qazo qildi, kenja qizim Hilola ham 2-guruh nogironi, nevaram Usmonjon ham 1-guruh nogironi, ularga yolg`iz o`zim qarayman. Yaxshiyam qo`ni-qo`shnilarim, mahalla faollari doimo xabar olib turishadi, Yaqinda mahallamiz raisi boshchiligida uyimizning tomi yopib berildi, men ulardan minnatdorman. Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga ham o`z minnatdorligimni bildiraman, ularga yurtimiz tinchligini saqlash vazifasi yuklatilgan, shu ishni bajarishlarida ularga sog`liq-salomatlik, kuch-quvvat tilayman.

Bundan tashqari, Institut professor-o`qituvchilari Quva tumanining “Bo`ston” mahallasida yashovchi, 2-guruh nogironlari
1975 yilda tug`ilgan Xurriyat Mamajonova va uning o`g`li 2007 yilda tug`ilgan Namoziddin Mamajonovlarning
holidan ham xabar olindi.

– Men ko`rgani rostdan Toshkentdan keldinglarmi? – deydi bolalarcha beg`uborlik, so`ridagi ko`rpachada buvisi bilan o`tirgan N.Mamajonov. – Men ham tendoshlarim qatori ko`chalarda o`ynagim, maktablarga borgim keladi. Biroq imkoniyatim cheklangan. Lekin o`qituvchim har kuni uyimizga kelib fanlar bo`yicha saboq berib ketadi. U kishiga rahmat aytaman. Chunki, kitob o`qishga o`rgatadi. Adabiyot va san`atni yaxshi ko`raman. Xo`p desalaringiz “Vatan” nomli she`rni yoddan aytib beraman. Bolakay bilan uzoq davom etgan suhbat unda yaxshi taassurotlar qoldirganligi uning kulib turgan ko`zlaridan ko`rinib turardi.

Ushbu xonadondan mahalla faollar, profilaktika inspektori, qo`ni-qo`shnilar doimo xabar olib turishadi.

Shuningdek, Quvasoy shahar “Bo`ston” mahallasi Bo`stonliq ko`chasida yashovchi nogiron, 2007 yilda tug`ilgan Nasibullo Mirkomilovning ham xolidan xabar olindi. Sog`lom tug`ilgan bolakay 3 oyligida betob bo`lib, shu ahvolga tushib qoladi.

Institut professor-o`qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o`quv yig`inlari, ta`lim muassasalarida targ`ibot tadbirlari hamda kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar