AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik razvedkachilar “ArMI – 2019” musobaqasining uchinchi bosqichidan so`ng etakchilar safida bormoqda

'O`zbekistonlik razvedkachilar “ArMI  – 2019” musobaqasining uchinchi bosqichidan so`ng etakchilar safida bormoqda'ning rasmi

Hindistonning Rajastxon shtati Jaysalmer shahri yaqinidagidala-o`quv maydonida bo`lib o`tayotgan “Qo`shin razvedkasi a`lochilari – 2019” musobaqasining dastlabki uchta bosqichi – “Suqulib kirish va pistirma”, “Mexanik-haydovchilar musobaqasi”, “Razvedkachi so`qmog`i”ning kompleks to`siqlarini engib o`tish”bo`yicha bahslari bo`lib o`tdi.

Ta`kidlash lozimki, uchinchi bosqichdan so`ng O`zbekistonlik razvedkachilar yuqori o`rinlardan birini egallab turibdi.

O`zbekistonlik razvedkachilar jamoasi rahbari podpolkovnik Vyacheslav Lakotaning ta`kidlashicha, Hindiston tomoni ushbu bosqich uchun 3 km dan ortiqroq masofada maxsus qiyin to`siqlar yo`lagini tayyorlagan.Jumladan,
1,3 kilometrli birinchi aylanani razvedkachilar to`la jangovar ekipirovkada tezlik bilan yugurib o`tishdi, keyingi aylanada esa 22ta to`siqlar engib o`tildi.

Shuningdek, ular o`tgan yillarda musobaqa bo`lib o`tgan Novosibirsk shahridagi dala-o`quv maydonida mavjud bo`lmagan – panjara (kechuv), qo`l zinasi, “W”shaklidagi devor, zinali baland sim yog`och, osma ko`prik, balansirli orol bunker kabi to`siqlardan o`tib, tashlandiq uyda qidiruv vazifasini bajarishgan.

– Jamoa yuqori ko`rsatkichlarga harbiy xizmatchilarning professionalligi, bilim va ko`nikmalarining yuksak darajada ekanligi, shuningdek, jamoadagi o`zaro hamjihatlik va jipslik, g`alaba qozonishga bo`lgan ishtiyoq tufayli erishmoqda”, – deydi podpolkovnik Vyacheslav Lakota.

Eslatib o`tamiz, 2018 yilgi Xalqaro armiya o`yinlari doirasidagi “Qo`shin razvedkasi a`lochilari” musobaqasida O`zbekistonlik razvedkachilar faxrli 3-o`rinni (Rossiya Federasiyasi va Xitoydan keyin) egallashgan edi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar