AsosiyJamiyat

Samimiy qutlovlar

'Samimiy qutlovlar'ning rasmi

Qurbon hayiti munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda xalqimizga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.

Jumladan, quyidagilar o`z tabriklarini yo`llagan:

Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboev,

Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev,

Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev,

Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G`ani,

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon,

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,

Bahrayn Podshohi Hamad ibn Iso Ol Xalifa,

Quvayt Amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh,

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos,

Jazoir muvaqqat Prezidenti Abdulqodir ibn Saloh,

Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum,

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qo`mondoni o`rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.


    Boshqa yangiliklar