Qutlug` "Qurbon hayit" bayrami oldi Majburiy ijro byurosi Qamashi tuman bo`limi yana bir savobli ishga qo`l urdi. 2019 yilning 9 avgust sanasida Byuroning Qamashi tuman bo`limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda tuman xotin-qizlar qo`mitasi bilan hamkorlikda 14 ta oila yarashtirildi.
Majburiy ijro byurosi Qamashi tuman bo`limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda tuman xotin-qizlar qo`mitasi, mahalla fuqarolar yig`inlari vakillari va 50 dan ortiq ajrashgan oilalar ishtirok etdi.
Tadbirni bo`lim boshlig`i M.Eshimov kirish so`zi bilan ochib, barchani kirib kelayotgan "Qurbon hayit" bayrami bilan muborakbot etdi va muqaddas bayram oldi har xil kelishmovchiliklar sbabli ajrashgan oilalarni birlashishga, yarashishga, tinch, totuv baxtli hayot kechirishga chaqirdi. Bu fikrlarni tuman xotin-qizlar qo`mitasi raisasi ham qo`llab quvvatlab, oila qanchalik muqaddasligi, jamiyatimizning asosiy bug`ini ekanligi haqida fikrlar bildirdi.
Shundan so`ng, 14 ta oila tashshabbus ko`rsatib, aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjatlarini qaytarib olishga, yarashib birga yashashga qaror qilishdi. Natijada 29 nafar farzand ota-ona mehridan birday bahramad bo`lish imkoniga ega bo`ldilar.
Tadbir davomida tashabbuskor oilalarga sovg`alar ulashilib, to`g`ri qarorga kelganliklari uchun minnatdorchilik bildirildi. Qolgan ishtirokchi oilalarga yarashgan oilalardan o`rnak olishlari tavsiya qilindi.
Yakunda, MIB bo`lim boshlig`i M.Eshimov bu kabi xayirli tadbirlar muntazam o`tkazib borilishini ta`kidlab o`tdi.






