AsosiyJamiyat

ArMI – 2019. “Individual mahorat” shartida jamoalar haqiqiy mahoratlarini namoyish etdi

'ArMI – 2019. “Individual mahorat” shartida jamoalar haqiqiy  mahoratlarini namoyish etdi 'ning rasmi

“Individual mahorat” – ushbu shart V “Xalqaro armiya o`yinlari – 2019” doirasida “Forish” tog` poligonida o`tayotgan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovi ishtirokchilarining kasbiy mahorati, aniq va tezkorligini yuzaga chiqargani bilan ishtirokchilar va mutaxassislar diqqat markazida bo`ldi.

Kecha, 9 avgust kuni erkaklar va ayollar “Individual mahorat” ko`nikma namoyishi bo`yicha maxsus mashqlarni bajardilar.

Unda 11 mamlakat sharafini himoya qilgan harbiy xizmatchilar ikki yo`lakchada, qisqa masofadagi startdan finishgacha: shartli yarador bemorning qo`lini jgut bilan bog`lash va belgilangan marragacha sudrab borish; o`pka-yurak reanimasiyasida yurak yopiq massaji maxsus manekenga sun`iy nafas berish hamda shartli bemorning qo`lini bog`lagan holda, xavfsizlik qoidalariga rioya etib, uni ko`targancha hududdan evakuasiya qilish vazifalarini bajardi.

Nufuzli tanlov nizomiga ko`ra, ayollar o`rtasida shartli bemorning og`irligi – 62 kilogramm bo`lsa, erkaklar o`rtasida – 70 kilogrammni tashkil etdi (bronejiletdan tashqari!). Natijalar bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Shifokorlar o`rtasida:

  • Elmurod Bobojonov (1178 ball) — O`zbekiston;
  • Andrey Malaxov (990 ball) — Rossiya;
  • Nurjan Kapezov (929 ball) — Qozog`iston.

O`rta va kichik tibbiy personali o`rtasida:

  • Valijon Begaliev (1101 ball) — O`zbekiston;
  • Shoxruh Ibrohimov (1062 ball) — O`zbekiston;
  • Xokimbek Madaminjonov (1050 ball) — O`zbekiston.

Ushbu yo`nalish bo`yicha ayollar o`rtasida o`tkazilgan mazkur shart natijalari:

  • Oydin Ubaydullaxujaeva (802 balla) — O`zbekiston;
  • Liliya Manaspova (781 ballov) — O`zbekiston;
  • Saidaxon Abdumo`minova (777 ballov) — O`zbekiston.

Barcha bosqichlar natijasiga ko`ra O`zbekiston 5635 ball to`plab, hozircha birinchilikda ketmoqda. Ikkinchi o`rinda Qozog`iston 4913 ball bilan odimlayotgan bo`lsa, kuchli uchlikka Rossiya (4808 ball) yakun yasamoqda.

Eslatib o`tamiz, bugun, 10 avgust kuni “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining “Eng yaxshi haydovchi” sharti bo`lib o`tadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar