AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotini aniqlash bo`yicha tender o`tkaziladi

'Toshkent viloyatida ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotini aniqlash bo`yicha tender o`tkaziladi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotini aniqlash maqsadida eng maqbul savdo tashkilotlari (yuridik shaxslar)ni ochiq tanlovda ishtirok etish uchun taklif etadi.

Savdo tashkilotini aniqlash maqsadida tashkil etilgan tanlov komissiyasi tomonidan o`tkaziladi.

Komissiya tomonidan tanlovda qatnashish uchun topshirilgan ariza va hujjatlarni ko`rib chiqish Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyat boshqarmasi (Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, Temur Malik ko`chasi, 2-uy) 2019 yil 5 avgust kunidan boshlab har kuni soat 10-00dan 18-00 ga qadar amalga oshiriladi va tanlov natijalari bo`yicha g`oliblar aniqlanadi.

Shuningdek, tanlovlar :

- 16 sentyabr kuni soat 10-00 dan 18-00 gacha Angren, Olmaliq, Ohangaron, Nurafshon shaharlari, Ohangaron, O`rtachirchiq, Yuqorichirchiq va Parkent tumanlari;

- 17 sentyabr kuni soat 10-00 dan 18-00 gacha Yangiyo`l, Bekobod shaharlari, Bekobod, Bo`ka, Pskent, Quyichirchiq, Oqqo`rg`on, Chinoz va Yangiyo`ltumanlari;

- 18 sentyabr kuni soat 10-00 dan 18-00 gacha Chirchiq shahar, Zangiota, Toshkent, Qibray va Bo`stonliq tumanlari bo`yicha tanlov o`tkazilib, tanlov natijalariga ko`ra g`oliblar aniqlanadi.

    Boshqa yangiliklar