Qurbon Hayiti munosabati bilan 11 avgust, yakshanba kuniga belgilangan test sinovlari boshqa kunga ko`chirilishi rasman tasdiqlandi. Bu haqda DTM xabar bermoqda.
Boshqa kunga ko`chirish jarayonlari faqat 11 avgust kuni testga kiradigan abiturientlarga taalluqli bo`ladi. Boshqa kundagilar o`zlari uchun belgilangan kunda test sinovlariga kiraveradi.
Jumladan, hududlarda 11 avgustga belgilangan test sinovlari quyidagi kunlarga ko`chirildi:
Qashqadaryo viloyati – 12 avgustga
Farg`ona viloyati – 13 avgustga
Jizzax viloyati – 13 avgustga
Navoiy viloyati – 13 avgustga
Qoraqalpog`iston – 14 avgustga
Andijon viloyati – 14 avgustga
Xorazm viloyati – 14 avgustga
Samarqand viloyati – 14 avgustga
Buxoro viloyati – 15 avgustga
P.S.: Test sinovlari ko`chirilgan abiturientlar test sinoviga kirish ruxsatnomasini yangidan olishi shart emas. Bino hamda test sinovlari vaqti (smenasi) avvalgidek saqlanib qoladi.
Ro`yxatda ko`rsatilmagan hududlarda test sinovlari 11 avgustgacha tugab bo`lgan bo`ladi.






