AsosiyJamiyat

Rahmon Qo`chqor aniq va tabiiy fanlar bo`yicha kitobxonlar ko`rik-tanlovini o`tkazishni taklif qildi

'Rahmon Qo`chqor aniq va tabiiy fanlar bo`yicha kitobxonlar ko`rik-tanlovini o`tkazishni taklif qildi'ning rasmi

Shunday kitoblar bor. Asrlardan oshib yashaydi. O`qirmanlarni chin ma`noda tarbiyalaydi. Millat tanlamaydi, til tanlamaydi. Butun insoniyat uchun xizmat qiladi. Chunki ushbu asarlarni Rahmon Qo`chqor iborasi bilan aytganda, “adabiyot pasportini” olgan buyuklar yaratgan. Bugungi suhbatimiz adabiyotshunos olim Rahmon Qo`chqor bilan kitoblar va kitobxonlik haqida bo`ladi.

— Rahmon Qo`chqor - kuchli adabiyotshunos. Haq gapni qo`rqmay ayta oladigan shaxs. Ustoz, shunday olijanob fazilatlarning egasi bo`lishingizga asosiy sababchi kim? Ota-ona... ustoz... yoki kitob...

— Sizsavolingizni ichida men beradiganjavobning hammasiniaytdingiz. Farosatli qiz sifatida eng muhim omillarning uchalasini ham sanab o`tdingiz. Men yana bir jihatni qo`shimcha qilishim mumkin: bu tarixi boy yurtda tug`ilganim. Chunki shu yurtning ulug`lari suv ichgan ariqlardan suv ichish menga ham nasib etdi. Shuning uchun tug`ilgan tuprog`ingga faqat “ber” deb emas, “ol” deb yashashni ham bilishing kerak. Xalqimizning o`sishiga, ozgina takomil topishiga elka qo`yib, qo`l mehnati yoki aql mehnati bilan hissa qo`shmaydigan bo`lsak, bu dunyoga kelishimizu, bu dunyodan ketishimizning ma`nosi bo`lmay qoladi. Yaratgan sizu meni ana shu vazifani ado etish uchun yuborgan.

— Bugungi kunda yurtimizda kitobxonlik holatini qanday baholaysiz? O`zingizning bolaligingiz bilan taqqoslagan holda aytib bersangiz...

— Bizning bolaligimiz sho`ro davriga to`g`ri keldi. U paytlari kitob degani qahat edi. Buni ochiq-oshkora aytish kerak. Xatto yosh ijodkorlar, yosh shoirlar, yosh adiblarning kitoblari xuddi peshonasiga niqtalgandek, “iqtisod qilingan qog`ozlar evaziga chop etildi” degan yozuv bilan chiqarilardi. Qiziqsangiz, Mirzo Kenjabekdek, Abdulla Oripovdek, Erkin Vohidovdek katta shoirlarimizning ilk kitoblarini topib, orqa tomonini ochib o`qib ko`ring. Toza, sifatli qog`oz emas, gazetniy qog`ozda edi ularning hammasi... Eh-e, bolaligimizda kitob kam bo`lardi. Tumanlardagi magazinlarga velosipedda boribtopib o`qishga to`g`ri kelardi.

Bugun O`zbekistonda yuzlab nashriyot, o`nlab bosmaxonalar bor. Hatto to`rt rangli “Xeydelberg” bosmaxonalarida bosilayotgan kitoblar yoshlarningixtiyorida. Asosiy masala o`sha mahsulotni iste`mol qilishda qolyapti, xolos. Kitoblar jovonlarda yotmasligi, qarovsiz joylarda chirimasligi kerak. Insonlar ongiga, tafakkuriga ko`chgan kitobgina inson tafakkurini uyg`ota oladi.

— Ayni paytda buxorolik "Yosh kitobxon" tanlovi ishtirokchilarini baholash jarayonidasiz? Ular haqida fikrlaringiz qanday?— Kuni kecha, 10-14 yosh, 15-19 yosh toifasidagi o`quvchilarni sinovdan o`tkazgan edik. Bugun 20-30 yoshlilar bilan ilm baxsida bo`ldik. Albatta, hammasining tayyorgarligi bir xil emas. Modomiki, so`ragan ekansiz, aytib o`tishim kerak, ishtirokchilar orasida ancha g`o`r, bilimi haminqadar bo`lgan bolalarimiz ham bor. Ularni qanday qilib viloyat bosqichiga chiqqanlik holatlari bizni o`ylantirib ham qo`ydi.Lekin Xudoga shukr, aksariyat tumanlardan kelgan yoshlarning kitobxonligidan qoniqdik. Ular o`rtasida shafqatsiz desam bo`lmas-u, qaqshatqich musobaqa – tafakkur jangi ketdi. Hakamlar hay`ati bilan kelishgan holda odilona baholashga harakat qildik. Menimcha, g`oliblar to`g`ri tanlandi.

—Sizningcha, yoshlar o`rtasida kitobxonlikni rivojlantirishda mazkur tanlovning o`rni sezilarli bo`lyaptimi yoki boshqa takliflaringiz bormi?

— Bugungi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovining samarasini sezmaslik mumkin emas. Axir o`tgan yili qatnashgan ishtirokchilar soni bilan bu yilgisining o`rtasida osmon va ercha farq bor. Son jihatdan ham, sifat jihatdan ham. Bu esa yoshlar o`rtasida kitobxonliknianchagina ommalashganini ko`rsatadi, albatta. Gap qo`yilgan sovrinning qimmatida emas. Kitobga ommaviy jalb qilishda. Shu o`rinda bir taklifim bor. Mutassaddi tashkilotlar tomonidan qabul qilinishini xohlardim. Biz faqat adabiy kitoblar mutolaasi bilan cheklanib qolmasligimiz kerak. Aniq fanlar: qiziqarli matematika, mexanika, menejment degan bozor iqtisodiyoti bilan bog`liq, faqatgina sof ilmiy emas, ilmiy publisistik asarlar bo`yicha ham tanlovlar tashkil qilishimiz zarur. Chunki aniq fanlarni chuqur o`zlashtirmagan mamlakatda texnika rivojlanmaydi, texnologiya rivojlanmaydi. Axborot texnologiyalari orqali bugun dunyo yoshlari kabinetda o`tirib, milliardlarni boshqaryapti. Shuning uchun faqat adabiyotga qiziqadigan bolalar bilan cheklanib qolmasdan hamma fanlarning kitobxonlarini chiqarish lozim.

Adabiyotchi nima uchun fizikaga qiziqmasligi kerak. Bo`lg`usi shoir nega astronomiyani o`rganmasligi kerak.Axir Hazrat Navoiyning qator g`azallarida keltirilgan tashbehlarda, uosmon jismlari: oy bo`ladimi, quyoshbo`ladimi, ilm yotibdi.

Mutasaddilardan yana bir yo`nalish sifatida aniq fanlar va tabiiy fanlar bo`yicha kitobxonlar ko`rik-tanlovlarini o`tkazishni so`ragan bo`lardim.

— Ustoz, mazmunli suhbatingiz uchun katta rahmat. Salomat bo`ling!

Go`zal Oxunova suhbatlashdi

    Boshqa yangiliklar