Beshinchi xalqaro armiya o`yinlarining diqqat markazida turgan “Tank biatloni” musobaqasi borgan sari qizg`in tus olmoqda. Kecha, 6 avgust kuni ikkinchi ekipaj a`zolari o`z mahoratlarini sinovdan o`tkazdi.
Mazkur bosqichda ham T-72 B-3 tankini boshqarish, to`siqlardan o`tish, belgilangan nishonlarni yakson qilish va imkon qadar qisqa muddatda finish chizig`iga etib kelish vazifasi yuklatildi. Bu gal yurtimiz sharafini katta leytenantMuhiddinNuriddinovboshchiligidagi ekipaj a`zolari munosib himoya qilishdi.
Ta`kidlash joizki, o`zbekistonlik harbiy xizmatchilar tarixda ilk bor “Tank biatloni” musobaqasida ishtirok etmoqda.Shunga qaramay yigitlarimiz bor kuch-g`ayrati, shijoati, bilim va tajribasini safarbar etib, jahon arenasida o`z so`zini aytishga intilmoqda.
Bugungi bahsda vakillarimiz oldingi jamoamizga nisbatan ancha yaxshi natija ko`rsatdi.Sarflangan vaqt va yo`nalish bo`ylab harakatlanish, to`siqlarni zapt etish borasidagi natijalarimiz tahsinga loyiq. Umumiy hisobda ekipaj mexanik haydovchisikichik serjant Avazbek Mustafoqulov T-72 B-3 tankini 73 km/soat tezlik bilan har bir to`siqdan betalofat olib o`tib, tomoshabinlar e`tiboriga sazovar bo`ldi.
Shunday qilibkatta leytenant Muhiddin Nuriddinov boshchiligidagi ekipajavvalgi ekipajga nisbatan 1.30 daqiqa teziroq farq bilan finish chizig`iga etib keldi.Quvonarlisi ushbu bellashuvda ham yurtdoshlarimiz umumjamoa hisobida hamon birinchilikni qo`ldan boy bergani yo`q.
–Musobaqada tezlik jamoa g`alabasi uchun eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi va bu tezlikni nazorat qilish, to`siqlarga yaqinlashgan payt undan to`g`ri maqsadda foydalana olish o`ta mas`uliyatli ish, – deydi ekipaj mexanik haydovchisikichik serjant Avazbek Mustafoqulov. – “Tank biatloni” jamoaviy musobaqa bo`lgani bois unda jipslik, birdamlik va ahillik muhim ahamiyatga ega. Men ishonaman; mana shu narsalarning barchasi bizning jamoamizda bor.
Eslatib o`tamiz, “Tank biatloni” musobaqasining ikkinchi guruhida jami 11 ta jamoa ishtirok etmoqda. Vakillarimiz ishtirokidagi keyingi bahslar 8 avgust kuni bo`lib o`tadi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti






