Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotini aniqlash maqsadida eng maqbul savdo tashkilotlari (yuridik shaxslar)ni ochiq tanlovda ishtirok etish uchun taklif etadi.
Tanlov o`tkazishdan asosiy maqsad har bir tuman-shahar bo`yicha yoki alohida turdagi mol-mulklarni sotish bo`yicha eng maqbul savdo tashkilotlarini aniqlashdan iborat.
Tanlov ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotini aniqlash maqsadida tashkil etilgan tanlov komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan o`tkaziladi.
Komissiya tomonidan tanlovda qatnashish uchun topshirilgan ariza va hujjatlarni ko`rib chiqish Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi (Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Aviasozlar-4 mavzesi, 68-uy) 2019 yil 05 setyabr kuni soat 10-00 da amalga oshiriladi va tanlov natijalari bo`yicha g`oliblar aniqlanadi.
Tanlov shartlari bilan “mib.uz” saytining “normativ-huquqiy hujjatlar” bo`limining “boshqa normativ-huquqiy hujjatlar” sahifasidagi havola orqali tanishish mumkin. (http://www.lex.uz/pdfs/3786912)






