AsosiyJamiyat

Avtotransport vositalaridan foydalanishda ayrim o`zgartirishlar kuzatilmoqda

'Avtotransport vositalaridan foydalanishda ayrim o`zgartirishlar kuzatilmoqda'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligining “Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish bo`yicha” ko`rsatmani o`z kuchini yo`qotgan, deb topish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Mazkur qarorga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2000 yil 29 maydagi 01-526, 24/8-855-son “Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish bo`yicha” ko`rsatmasi o`z kuchini yo`qotgan, deb topiladi.

Ma`lum bo`lishicha, mazkur qaror rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

Amaldagi ko`rsatmaga ko`ra, avtotransport vositalarini tasarruf etish (olish-sotish, almashtirish, hadya etish) va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalar rasmiylashtirilganida vakolatnoma oluvchiga uning ikki nusxasi beriladi.

Ishonchnomaning bir nusxasi hududiy DAN boshqarmalarining “Ro`yxatlash va imtihon bo`lim (bo`linma)larida” qoldiriladi. Notarius tomonidan mazkur vakolatnoma matnida: “u tegishli avtomobil nazorati idorasida 10 kun ichida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkaziladi va ro`yxatdan o`tkazilmagunga qadar haqiqiy emas deb hisoblanadi”, deb yozilishi shart.

    Boshqa yangiliklar