AsosiyJamiyat

O`zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga maqom beriladi

'O`zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga maqom beriladi'ning rasmi

2019 yil 5 avgust kuni Vazirlar Mahkamasining “Faxriy fuqaro” maqomini berish tartibi to`g`risida Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, ushbu maqom iqtisodiyot, fan, madaniyat va san`at, ta`lim, sog`liqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga katta investisiya kiritgan, shuningdek, O`zbekiston Respublikasida xayriya faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga beriladi.

Ushbu maqom Prezident tashabbusi bilan berilishi mumkin.

Bunda qaror Senat tomonidan qabul qilinadi, guvohnoma esa Senat raisi tomonidan imzolanadi va topshiriladi.

Agar ushbu tashabbus davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari tomonidan berilgan bo`lsa, qaror tegishlicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

Ushbu maqom O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun asos hisoblanmaydi.

    Boshqa yangiliklar