AsosiyJamiyat

O`zbekiston jamoasi yana bitta xalqaro tanlovda kuchli uchlikdan joy olmoqda

'O`zbekiston jamoasi yana bitta xalqaro tanlovda kuchli uchlikdan joy olmoqda'ning rasmi

«ArMI-2019» doirasida Rossiyada o`tkazilayotgan “Sodiq do`st” tanlovida O`zbekiston terma jamoasi birinchi shart bo`yicha kuchli uchlikdan joy oldi.

2017 yilda debyutant sifatida mazkur tanlovda ishtirok etishiga qaramay O`zbekiston terma jamoasi faxrli 3-o`rinni qo`lga kirita olgan edi.

Bir yil o`tib, 2018 yilda umumjamoa hisobida natijalarga erishish imkoni bo`lmagan bo`lsa-da, ushbu tanlovning 300 metrli to`siqlar yo`lagidan o`tishda O`zbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy xizmat itlari pitomnigi mutaxassis harbiy xizmatchisi Shokir Jo`raevning «Gita» laqabli xizmat iti 1 daqiqayu 15 soniya natija bilan rekord o`rnatdi. “Gita” 2019 yilda ham O`zbekiston sharafini himoya qilmoqda.

Bu yilgi musobaqaning birinchi sharti yakunlari bo`yicha mamlakatimiz terma jamoasi murabbiyi podpolkovnik Ulug`bek Jo`raev jamosining tayyorgarligini a`lo baholamoqda.

O`zbekistonlik harbiy kinologlar tanlovning “Dog biatlon” (individual poyga) shartida hozircha belarusliklar peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o`rinda kuchli jamoalardan biri – rossiyaliklar kelmoqda.

Oldinda hali jamoalarni 300 metrli to`siqlar yo`lagidan o`tish, “Mohir mergan” shartida avtomatdan ko`krak shaklidagi nishonni yakson qilish hamda jamoa tarkibida “Dog biatlon-estafeta”da kuch sinashi kutmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar