AsosiyDunyo

Amerikadagi otishmalarda 30 yaqin odam qurbon bo`ldi

'Amerikadagi otishmalarda 30 yaqin odam qurbon bo`ldi'ning rasmi

Kecha, 4 avgust kuni AQShning Texas (El-Paso) va Ogayo (Deyton) shtatlarida odamlar ommaviy o`qqa tutildi. Afsuski, keyinchalik bu qonli ro`yxatga Illinoys (Chikago) ham qo`shildi. Bu kun "Qonli yakshanba" nomini oldi.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, bir sutka davomida Texas, Ogayo va Illinoysdagi otishmalar oqibatida kamida 29 kishi halok bo`lgan, 50 kishi jarohat olgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp bugun, dushanba kuni shu munosabat bilan Amerika xalqiga murojaat qilishi kutilyapti.

Xorij davlatlari rahbarlari AQSh prezidentiga hamdardlik bildirishmoqda.

    Boshqa yangiliklar