AsosiyJamiyat

Kitob qo`riqxonasi dunyo okeanidan quruqlikka chiqish joyi sifatida tanlandi

'Kitob qo`riqxonasi dunyo okeanidan quruqlikka chiqish joyi sifatida tanlandi'ning rasmi

Xalqaro olimlar hamjamiyati dunyo okeanidan quruqlikka chiqish joyi sifatida Kitob qo`riqxonasini tanlashdi. Olimlar bu erga global standartni, ya`ni Ems yarusi maqomini berishmoqchi.

Ilmiy tadqiqotlarni o`rganish natijalari Kitob davlat geologiya qo`riqxonasi dunyodagi yagona to`liq etalon – Ems yarusi standarti ekanini tasdiqladi. Xalqaro olimlar hamjamiyati dunyo okeanidan quruqlikka chiqish joyi sifatida Kitob qo`riqxonasini qayd etmoqda.

Shahrisabzda bo`lib o`tgan birinchi geoturistik forumda ishtirok etgan chexiyalik geolog olim Slavik Ladislav bu boradagi shunday fikr bildirdi:.

–Biz dunyoning eng qadimiy nuqtalaridan bo`lgan bu joyni alohida ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Bu erga global standartni, ya`ni Ems yarusi maqomini berish kerak. To`g`ri, bizda ham, ya`ni Pragada ham mana shunday geologik kesim bor. Lekin har bir davrlarning qatlami to`liq va aniq saqlanib qolgani bois Kitobdagi Zilzinbog` kesmasi ustunlikka ega. Bir qarashda oddiy tog` toshlaridek ko`ringan geologik kesimda bundan qariyb besh million yil avvalgi suv osti hujayralarining qoldiqlari saqlanib qolgan. Va yana bir bor takrorlayman. Har bir davrga oid qatlamlarning to`liq jamlanmasi aynan Kitob davlat qo`riqxonasida joylashgan. Bu joyda geologik maskan tashkil etish esa alohida bir mavzu. EMS yarusiga zarar etkazmasdan, uning asl xolida saqlanishi borasida geoturizm sohasi vakillari alohida ko`rsatmalar ishlab chiqadi degan umiddaman.

Dunyoning eng qadimiy nuqtalaridan biri – O`zbekistonning noyob bu hududlarini asrash borasida jahon tajribasi keng o`rganilmoqda. Xalqaro universitetlar va tashkilotlardan kelgan mutaxassislar bu borada hamkorlik qilish istagini bildirishdi. Agarda Zinzilbog` darasida geopark tashkil etilsa, ungacha boriladigan masofaga xizmat ko`rsatish infratuzilmalari tashkil etiladi. Xozirda qo`riqxona hududida bir paytning o`zida 60 kishiga xizmat ko`rsatuvchi joylashtirish vositasi mavjud. Faqat uni bugungi kun talablariga javob beradigan zamonaviy maskanga aylantirish kifoya.

Birinchi xalqaro geoturizm forumi ishtirokchilari qo`riqxonadan Kitob tumaniga qaytib yana bir ajoyibotning guvohi bo`ldi.

Bizning kenglik stansiya dunyodagi 5 ta observatoriyadan bittasi bo`lib, 39-gradusda 8-shimoliy kenglikda joylashgan, - deydi O`ktam Hafizov. – Bundan tashqari AQShda ikkita, Yaponiya va Italiyada bittadan ana shunday ob`ekt bor. Ulardan farqli ravishda biz hozirda faoliyat yuritmoqdamiz. Qolganlari muzey sifatida turibdi.

    Boshqa yangiliklar