Ma`lumki, bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati tomonidanyurtimizning barcha viloyatlarida fuqarolarning qabul qilish kunlari o`tkazilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 2 avgust kuni Majburiy ijro byurosi direktori o`rinbosariToshkent tumani aholisi bilan sayyor qabul o`tkazdi. Sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari eshitildi, murojaatlar bo`yicha fuqarolarni qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni bartaraf etish choralari ko`rildi, ayrimlari mas`ullar nazoratiga olindi.
Ma`lumot o`rnida, fuqaro Q.Ungarbaevning murojaati bo`yicha,zimmasiga yuzaga kelgan noreal qarzdorlik sabablari mutaxassislar bilan o`rganilib, qayta hisob-kitob qilindi va vujudga kelgan noreal qarzdorlik belgilangan tartibda hisobdan chiqarildi.
Huddi shunday, amaliy yordam aliment masalasi bo`yicha murojaat qilgan fuqaro D.Norxo`jaevaga ham ko`rsatilib, 2 nafar voyaga etmagan farzandi ta`minoti uchun 1/3 qismdan undirilishi lozim bo`lgan2 mln. 850 ming so`m aliment puli undirib berildi.
O`z navbatida, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul davomida ijobiy hal etilib, Byuro rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishdi.






