AsosiyJamiyat

​To`raqo`rg`on IES Mustaqillik bayramiga tuhfa bo`ladi

'​To`raqo`rg`on IES Mustaqillik bayramiga tuhfa bo`ladi'ning rasmi

To`raqo`rg`on issiqlik elektr stansiyasi qisman avgust oyining ikkinchi yarmida ishga tushadigan bo`ldi. Yil oxiriga qadar IES to`liq quvvatda ishlashni boshlaydi. Bu orqali esa Farg`ona vodiysini chiroq o`chishi muammosi hal etiladi...

Nodirbek Nasibaliev, To`raqo`rg`on IES bosh muhandisi:

— Namangan viloyatida bunyod etilayotgan To`raqo`rg`on IESda sinov ishlari deyarli tugab, birinchi bug`-gaz turbinasini tarmoqqa ulash va quvvat berish bo`yicha so`nggi tayyorgarlik ishlari ketmoqda. IES avgust oyida ishga tushiriladi. Yoz va qish mavsumlari Farg`ona vodiysida iste`mol ko`rsatkichi 1800 MVtni tashkil etadi. To`raqo`rg`on IESning ishga tushirilishi esa elektr-energiyasiga bo`lgan ushbu talablarni birmuncha qondirishga xizmat qiladi.

Farg`ona IES ehtiyojni 70-80 % qoplaydi!


— Avgust oyi ikkinchi yarmida IESning birinchi blok bug`-gaz qurilmasi ishga tushiriladi va dastlab 300 MVt elektr-energiyasi ishlab-chiqariladi. Bu Namangan viloyatining elektr-energiyaga bo`lgan ehtiyojini 70-80 % qoplaydi. Birinchi energiya blokimiz batamom ishga tushganida Namangan viloyati to`liq energiya bilan ta`minlanadi.

Bu zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi boshqa elektrstansiyalardan afzalligiga ham to`xtalib o`tsak. Elektr energiya tannarxi boshqa issiqlik elektr stansiyalarnikidan arzonligi bilan ajralib turadi. Misol uchun, 1 kVt/s elektr energiyani ishlab chiqarish uchun 220 gramm shartli yoqilg`i sarf bo`ladi. Hozirda ishlab turgan eski energiya bloklarimiz qiladigan sarfdan ikki barobar kamdir. Bundan tashqari IES yuqori aniqlikda ishlaydi, atrof muhitga zarar etkazmaydi.

Ma`lumot o`rnida:

IESning birinchi bug`-gaz qurilmasi to`liq sentyabr oyida, ikkinchisi esa joriy yil dekabr oyida ishga tushiriladi. Natijada Farg`ona vodiysi iste`molchilari uchun 900 MVt qo`shimcha quvvat ishlab chiqariladi va bu vodiy aholisi iste`mol qilayotgan elektr energiyasining teng yarmidan ko`pni tashkil etadi.

Qiziqarli faktlar

  • To`raqo`rg`on IES loyihasining umumiy qiymati 1 milliard 195 million AQSh dollaridan ziyod
  • Yaponiyaning "Mitsubihi Corporation" va "Mitsubishi Hitachi Power Systems" konsorsumi tomonidan amalga oshirilmoqda.
  • Loyiha 10 yildan so`ng o`zini to`la oqlaydi.
  • Bunyodkorlik ishlariga 2 ming 400 dan ziyod mahalliy va xorijiy ishchi-xizmatchi jalb etilgan.
  • Loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini Turkiyaning "SaIik Enerji" kompaniyasi muhandis-texnik mutaxassislari bajarmoqda.



    Boshqa yangiliklar