AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash vazirligi: Onkodermatologiyada innovasion tizim yaratilmoqda

'Sog`liqni saqlash vazirligi: Onkodermatologiyada innovasion tizim yaratilmoqda'ning rasmi

Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi Turkiyadagi “Neolayf” onkologiya markazi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Aytish joizki, so`nggi yillarda dunyoda ishlab chiqarishning jadal sur`atlar bilan rivojlanishi, atrof-muhit va ekologik zararli omillar, shu bilan bir qatorda, nosog`lom turmush tarzi ta`sirida inson immun tizimi faoliyatining susayishi oqibatida turli teri kasalliklari, jumladan, teri saratoni ko`payib bormoqda. Bunday kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash va samarali davolashga yo`naltirilgan innovasion texnologiyalarni yaratishjahon tibbiyotining dolzarb vazifasiga aylanmoqda.

Mamlakatimizda ham aholiga dermatovenerologiya va dermatoonkologiya sohasida zamonaviy tibbiy yordam ko`rsatish uchun o`ziga xos infratuzilma yaratilgan. Bu boradagi ilmiy-amaliy loyihalarni yanada kengaytirish tibbiyot oldidagi muhim vazifadir. Ana shu ehtiyojdan kelib chiqib, tibbiyotning turli yo`nalishlari, jumladan dermatoonkologiya sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi bu borada Turkiyadagi eng nufuzli “Neolayf” onkologiya markazi bilan hamkorlikni yo`lga qo`yishi tibbiyot rivojida muhim qadam bo`ldi.

Ma`lumot o`rnida aytish joizki, Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi o`z yo`nalishi bo`yicha etakchi tibbiy-ilmiy muassasadir. Ushbu klinikada yiliga 20 ming nafar bemorga ambulator, 2 ming nafardan ziyod bemorga stasionar tibbiy yordam ko`rsatiladi. Mazkur tibbiyot muassasasi keyingi yillarda mamlakatimizdagi etakchi ilm-fan muassasalari qatorida xorijdagi nufuzli klinikalar bilan ilmiy aloqalarni kengaytirishga alohida e`tibor qaratmoqda. Hozirgi kunda bu yo`nalishda Rossiyadagi bir qator ilmiy markazlar bilan ham hamkorlik memorandumi imzolandi.

Turkiyaning “Neolayf” onkologiya markazi bilan hamkorlik doirasida onkodermatologiya yo`nalishida tajriba almashish, kadrlar malakasini oshirish, jahon tibbiyotining bu sohasidagi yangiliklarini mamlakatimiz tibbiyotiga tatbiq etish yuzasidan qator loyihalarni amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlaryurtimizda onkodermatologiya sohasini rivojlantirish, bunday kasalliklarning oldini olish, aholining tibbiy savodxonligini oshirish, diagnostika va davolash ishlarini yangi bosqichga ko`tarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sog`liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

    Boshqa yangiliklar