AsosiyJamiyat

“Alabino”da o`zbekistonlik harbiylar o`zlariga biriktirilgan tanklarni sinovdan o`tkazdi (Video)

'“Alabino”da o`zbekistonlik harbiylar o`zlariga biriktirilgan tanklarni sinovdan o`tkazdi (Video)'ning rasmi

Beshinchi bor o`tkazilayotgan xalqaro armiya o`yinlarining “Tank biatloni” yo`nalishi bo`yicha ilk bor ishtirok etayotgan o`zbekistonlik harbiy xizmatchilar o`zlariga biriktirilgan T-72 B-3 tanklarida jangovar rostlash amaliyotini bajardi.

Hamyurtlarimiz mazkur musobaqaning ikkinchi guruhidan joy olgan bo`lib, jami 12 jamoaga qarshi kurashadi.

Moskva viloyatida joylashgan “Alabino” dala-o`quv maydoni bugun tanklarning nishon tomon otilgan snaryad o`qlari ovoziga to`ldi. Hamyurtlarimiz o`zlariga biriktirilgan jangovar texnikalarning “tili”ni topish, ularni me`yoriy holatga keltirish va nishonlarni yo`q qilish borasida o`zlarining mahoratlarini ko`rsatishdi.

Eslatib o`tamiz,musobaqaning tantanali ochilish marosimi 3 avgust kuniga belgilangan bo`lib, hamyurtlarimiz ishtirokidagi bahslar 4-6 va 8-avgust kunlari bo`lib o`tadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti


Boshqa yangiliklar