Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan qishloq xo`jaligini raqamlashtirish, qishloq xo`jaligi sub`ektlari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Mazkur bitim“Aqlli qishloq xo`jaligi” Konsepsiyasi doirasida qishloq xo`jaligiga raqamli texnologiyalarni faol tatbiq etish, zamonaviy texnologiyalarni qo`llash orqali O`zbekistondagi er maydonlari va ekinlarini ob`ektiv xaritalashga doir ishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Loyiha mamlakatimizdagi bir tuman misolida pilot tarzda amalga oshirilib, bu borada dalalardagi ekinlarni multispektral diapazondagi yo`ldosh suratlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Joriy yilning avgust oyida qishloq xo`jaligini diversifikasiya qilish va ekinlarning o`sishi sharoitlari bo`yicha ma`lumotni aniqlash, echimlarini ishlab chiqish bo`yicha investisiya portfelini yaratishga qaratilgan seminarlar o`tkaziladi.
O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi Matbuot xizmati






