AsosiyJamiyat

O`zbekistonda zamonaviy urug`chilik agroklasteri tashkil etiladi

'O`zbekistonda zamonaviy urug`chilik agroklasteri tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Qishloq xo`jaligi vaziri o`rinbosari S.Xodjaev boshchiligidagi delegasiya vakillari ishtirokida Minsk shahrida O`zbekiston-Belarus hamkorligiga oid kelishuvlarga erishildi. Qishloq xo`jaligining turli yo`nalishlarini qamrab olgan loyihalarni amalga oshirishga doir masalalar O`zbekiston-Belarus hududlararo I forumi doirasida muhokama etildi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Forum doirasida O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi Urug`chilikni rivojlantirish markazi rahbari Sh.Namozov hamda Belarus Respublikasining “Belsemena” birlashmasi bosh direktori M.Karpuk o`rtasida kelishuv imzolandi. Unga ko`ra, Davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy urug`chilik klasteri tashkil etish orqali urug`lik ekinlarini ishlab chiqarishga joriy etish, ularning xorijga eksportini ta`minlash, shu sohada fermerlar malakasini oshirib borish kabi yo`nalishlarda hamkorlik aloqalari o`rnatildi.

2.jpg

Belarusda 11 ta kichik dasturni o`z ichiga olgan “2016-2020 yillarda agrar biznesni rivojlantirish Davlat dasturi”da urug`chilikni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilgan. Davlat dasturiga ko`ra, kelgusi yilda qishloq xo`jaligidagi eksport qiymati 2016 yilga nisbatan 6,2 milliard dollarga, mehnat unumdorligi esa 1,4 baravarga o`sishi kutilmoqda. “Belsemena” birlashmasi bugungi kunda 20dan ortiq MDH va Evropa mamlakatlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

6.jpg

Minsk shahrida O`zbekiston – Belarus hududlararo forumida qayd etilganidek, ikki mamlakat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanib, yaqin istiqbolda tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollarga etkazilishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

4.jpg

    Boshqa yangiliklar