AsosiyDunyo

Rossiya suv toshqinlari va yong`in iskanjasida (Video)

'Rossiya suv toshqinlari va yong`in iskanjasida (Video)'ning rasmi

Irkutsk oblastida suv toshqinlarining ikkinchi to`lqini kuzatilmoqda. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Tinimsiz yog`ingarchilik ortidan hududdagi daryolarda suv sathi ko`tarilib bormoqda. Seshanba kuni Tulun shahridan oqib o`tuvchi Iya daryosida suv sathi xatarli ko`rsatkich – 11 metrdan ortiqqa ko`tarilib ketdi. Bu safargi toshqinlardan 20 ta aholi punkti aziyat chekmoqda. Sinoptiklar esa vaziyat yanada yomonlashishi haqida ogohlantirishmoqda. Amur, Zeya va Bureya daryolariing qirg`oqlaridan toshib chiqishi natijasida Amur oblastining 7 ta tumanidagi aholi maskanlari butunlay suv ostida qoldi.

FVV qutqaruvchilari xavfli hududlardan ikki mingdan ortiq kishini evakuasiya qildi. Suv toshqinlari kuzatilayotgan bir vaqtda Sibir va unga qo`shni hududlarda yirik o`rmon yong`inlari ro`y bermoqda. Mahalliy aholi hukumatdan alangani bartaraf etishda faol choralar ko`rishni talab etmoqda. Hozirda 2,7 mln gektar maydon alanga ichida qolgan. O`rmon yong`inlari tufayli Sibir va Uzoq Sharq o`lkasining katta hududini quyuq tutun qamrab oldi. Ekspertlar bu yilgi yong`inlarni global miqyosdagi muammo sifatida e`tirof etishmoqda.


Boshqa yangiliklar