Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi harbiy qism kutubxonalaridan birida O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi va Nukus shahar kengashlari bilan bilan hamkorlikda kuch tuzilmalari o`rtasida “Bilimdonlar arenasi” intellektual o`yini o`tkazildi.
Unda Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi harbiy qismlarining“Amir Temur izdoshlari” va “Adolat”, Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalonining “Tinchlik posbonlari”, Ichki ishlar vazirligining “Lochin”, Milliy gvardiyaning “Yosh gvardiyachilar”, Davlat havfsizlik xizmati Chegara qo`shinlarining “Sarhad” hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Bojxona boshqarmasining “Bojxonachilar” jamoalari o`zaro kuch sinashdi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni o`zida jamlagan intellektual o`yin davomida san`at, fan, adabiyotga doir 30 ta qiziqarli mantiqiy savollar jamoalar diqqatiga havola etildi. Qizg`in bahs va munozaralarga boy o`tgan bellashuv so`ngida harbiy okrugning “Amir Temur izdoshlari” jamoasi ustun kelib, faxrli 1-o`rinni qo`lga kiritdi. 2-o`rin “Yosh gvardiyachilar” jamoasiga, 3-o`rin esa “Bojxonachilar” jamoasiga nasib qildi.
Tanlov so`ngida g`olib va faol ishtirok etgan jamoalarga tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom va sovg`alar topshirildi.
Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati






