AsosiyDunyo

Insoniyat yillik Er resurslari zaxirasini tugatdi (Video)

'Insoniyat yillik Er resurslari zaxirasini tugatdi (Video)'ning rasmi

Ekspertlar insoniyat yillik Er resurslari zaxirasini tugatgani haqida bong urishmoqda. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Mutaxssislar fikricha yil sayin odamzod borgan sari tabiat oldida“ekologik qarzga” botmoqda. Amerikaning Global Footprint Network tahlil markazi ma`lumotlariga ko`ra, 29 iyul kuni insoniyat sayyoramiz bir yilda tiklashi mumkin bo`lgan barcha suv, tuproq va havo zaxirasini mutlaqo tugatib bo`ldi. Tadqiqot natijalariga ko`ra, odamzod hozirda ekotizimlar qayta tiklanishiga nisbatan tabiatdan ikki karra tezroq foydalanmoqda. Har yili sayyora resurslarining o`zini tiklash kesishuvi borgan sari barvaqt boshlanmoqda.

BMT ma`lumotlariga ko`ra, insoniyat tabiatdan uninig qayta tiklanishga qodirligiga nisbatan 75 foizga tezroq foydalanmoqda. Buni go`yoki insoniyat hozirda bir emas, ikkita sayyorada yashayotganiga qiyoslash mumkin. Biz juda katta tezlikda tabiiy resurslarimizni tugatyapmiz. O`rmonlarning yo`qolishi, tuproq eroziyasi, bilogik xilma- xillikning yo`qolishi, iqlim o`zgarishi jarayonlari, ekstremal ob-havo sharoitlari bularning barchasi olimlarning fikricha, global tabiat tanazzulining natijasidir. Insoniyat ekologik qarzdorligining asosiy sabablaridan biri – har yili atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorining ortib borayotganidadir.

Boshqa yangiliklar