AsosiyDunyo

Evropani tark etgan anomal jazirama Grenlandiya tomon harakatlanmoqda

'Evropani tark etgan anomal jazirama Grenlandiya tomon harakatlanmoqda 'ning rasmi

Bu esa sayyoramizning ikkinchi eng yirik muz “qalqoni”da rekord darajada erish xavfini yuzaga keltirmoqda. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

BMTning xalqaro meteorologiya tashkiloti e`lon qilgan kuzatuv natijalari ma`lumotlariga ko`ra, Grenlandiya oroli anomal jazirama iskanjasida qolgan. Yoz oyining boshiga qadar orolda anomal ob-havo sharoitlari kuzatilmagan bo`lsa-da, birgina iyul oyi davomida Grenlandiya yuza qatlamining bug`lanishi tufayli 160 milliard tonna muzlikni yo`qotgan. Bu esa Arktika muzliklarining erishiga olib kelgan.

Iyul oyi o`rtalarida uning maydoni rekord darajada qisqarib ketgan. Arktikaga qarama qarshi Shimoliy muz okeani tomonda Sibir, Alyaska va Kanadada kuchli o`rmon yong`inlari sodir bo`lmoqda. Britaniya matbuoti xabariga ko`ra, yong`inlar natijasida atmosferaga hozirga qadar 120 million tonna karbonad angidrid gazi chiqqan. Bu aksariyat davlatlarning yillik sanoat gazlari chiqindilari hajmidan ko`p deganidir. Bu shuningdek, asr boshidan buyon ilk marotaba kuzatilgan bir vaqtning o`zida atmosferaga chiqarilgan zararli gazlar emissiyasidir.

    Boshqa yangiliklar