4 avgust kuni start beriladigan Xalqaro armiya o`yinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan 10 ta xorijiy davlat harbiylari qizg`in tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Jamoalar xalqaro tanlov doirasida erkak va ayol harbiy xizmatchilar individual mahoratlarini AK-74 avtomati va PM pistoletidan otish, TAYFUN-K harbiy texnikasi orqali to`siqli yo`llarni engib o`tish, tibbiy xizmat harbiylarining majmuaviy mashg`ulotlari (to`siqli yo`lak va shaxsiy mahorat) hamda maxsus harbiy texnikani haydash mahorati shartlari bo`yicha tayyorgarlik mashg`ulotlarida namoyish etdi.
Jahonning turli mintaqalaridan tashrif buyurgan mehmonlar amaliy tajribalariga ishonch hosil qilibgina qolmay, yurtimizning iqlimiga moslashmoqda.
“Qardosh o`zbek xalqining naqadar tantiligi, mehmondo`stligiga yana bir bor amin bo`ldik. Buning uchun men, o`zbek xalqiga Ozarbayjon xalqi nomidan rahmat aytaman. Kayfiyatimiz a`lo darajada... Ayni damda otish tayyorgarligi mashqlarini bajaryapmiz. Yuz va ellik metr uzoqlikda joylashgan nishonni yakson qilish tajribali merganlarga murakkablik tug`dirmadi”, – deydi ozarbayjonlik tibbiy xizmat katta leytenanti Guntekin Mamedzoda.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti






