AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi eng «zo`r» va «yomon» hokimlar reytingi aniqlandi

'O`zbekistondagi eng «zo`r» va «yomon» hokimlar reytingi aniqlandi'ning rasmi

Telegramdagi «Qo`shni mahalla» kanali Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimlari, rahbarlari reytingi bo`yicha so`rovnoma o`tkazdi. Bu haqda Xabar.uz nashri yozdi.

Ushbu so`rovnoma natijalari quyidagicha bo`ldi.

Hammadan ko`proq «Zo`r» ovozini olgan rahbarlar uchligi:

  1. Erkinjon Turdimov (Samarqand viloyati hokimi) — 48%
  2. Xayrulla Bozorov (Namangan viloyati hokimi) — 34%
  3. Shuhratbek Abdurahmonov (Andijon viloyati hokimi) — 31%

Hammadan ko`proq «Yomon» ovozini olgan rahbarlar uchligi:

  1. Shuhrat G`aniev (Farg`ona viloyati hokimi) — 63%
  2. Farhod Ermanov (Xorazm viloyati hokimi) — 60%
  3. Zafar Ro`ziev (Qashqadaryo viloyati hokimi) — 58%

Faoliyati «O`rtacha» baholangan rahbarlar:

  1. Ergash Salaev (Jizzax viloyati hokimi) — 43%
  2. Qobul Tursunov (Navoiy viloyati hokimi) — 41%
  3. G`ofurjon Mirzaev (Sirdaryo viloyati hokimi) — 41%
  4. Rustam Xolmatov (Toshkent viloyati hokimi) — 41%

Ushbu so`rovnoma tugal xulosa chiqarish imkonini bermasa-da, uning natijalari orqali hududlar rahbarlarining amaldagi reytingini ma`lum darajada baholasa bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar