AsosiyJamiyat

66 nafar abiturient test sinovlaridan chetlashtirildi

'66 nafar abiturient test sinovlaridan chetlashtirildi'ning rasmi

Xabar berganimizdek, 29 iyul kuni oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun test sinovlari boshlandi.

Respublika bo`yicha 66 ta katta sig`imli binolarda test sinovlari bo`lib o`tdi. Test sinovlari 2 smenada tashkil etilgan bo`lib, ishtirok etishi belgilangan 71 340 nafar abiturientdan 68 736 nafari test sinovlariga keldi. 2 538 nafar abiturient test sinovlariga kelmadi. 13 nafar abiturient hududga kirish joyida, 53 nafari binoda tartib-qoidalarni buzganligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Bundan tashqari, abiturientlarning test sinovlariga kechikib kelish holatlari ham kuzatilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi tegishli qaroriga muvofiq abiturientlar test sinovlari o`tkaziladigan kuni tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 14:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 14:30) gacha faqat “Abiturient ruxsatnomasi“ va pasporti bilan shaxsni identifikasiyalash vositalari orqali kiritiladi.

    Boshqa yangiliklar