AsosiyJamiyat

Turkiyada pichoqlangan o`zbekistonlik vafot etdi

'Turkiyada pichoqlangan o`zbekistonlik vafot etdi'ning rasmi

O`zbekistonning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi ma`lumotlariga ko`ra, 28 iyul kuni ikki nafar O`zbekiston fuqarosi halok bo`ldi.

TIV matbuot xizmati xabariga ko`ra, O`zbekiston fuqarosi X.M. baxtsiz hodisadan keyin Samatya Hastenesi tibbiyot muassasasiga yotqizilgan, u kasalxonada vafot etgan. Shu kunning o`zida ushbu kasalxonada Istanbul shahri tumanlaridan biridagi voqea natijasida pichoq yaralari bilan kasalxonaga yotqizilgan boshqa bir o`zbekistonlik N.Z. halok bo`lgan.

Ushbu voqealar asosida Turkiya huquqni himoya qilish organlari tomonidan tergov ishlari boshlangan.

Bosh konsulxona ushbu holatlarni nazoratga olgan va halok bo`lganlarning qarindoshlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam bermoqda.

    Boshqa yangiliklar