Xorvatiyada bir sutka mobaynida 900 gektar o`rmon yonib kul bo`ldi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.
Kuchli yong`in Adriatika dengizi sohil bo`yi hududida joylashgan Shibenik shahri yaqinida kelib chiqdi. Alangani bartaraf etish ishlariga 200 dan ortiq o`t o`chiruvchilar, harbiylar va polisiya vakillari jalb etilii. Hududda esayotgan kuchli shamol esa vaziyatni izdan chiqardi. Hukumat ushbu hududga olib boruvchi shosselarni yopishga majbur bo`ldi. Yaqin-atrofdagi qishloqlar aholisi esa evakuasiya qilindi. Hodisa oqibatida 4 nafar o`t o`chiruvchi jabrlandi. Polisiya qasddan o`t qo`yilganligi mumukinligi to`g`risidagi xabarlarni ham inkor etmayapti.






