Kaliforniyaning Gilroe shahrida tashkil etilgan Gilroy Garlic festivalda otishma ro`y berdi. Oqibatda esa uch kishi halok bo`ldi.
Ma`lumotlarga ko`ra, noma`lum shaxs Gilroy Garlic festivali bo`lib o`tayotgan hududga bostirib kirib, tartibsiz ravishda o`q uzishni boshlagan. Natijada festivalga tashrif buyurgan odamlar orasida vahima ko`tarilib tartibsizliklar kelib chiqqan. Buning oqibatida 60 kishi jabrlandi, 15 nafarga yaqin kishi jarohatlandi. Otishma oqibatida esa 3 nafar shaxs halok bo`ldi.
Polisiya xabariga ko`ra, otishmani sodir etgan shaxs voqea joyida zararsizlantirilgan. Uning shaxsi to`g`risidagi ma`lumotlar hozircha e`lon qilinmadi. Mazkur holat yuzasidan tergov- surishtiruv ishlari davom etmoqda. Gilroy Garlic — bu AQSh da har yili an`anaviy tarzda o`tkazib kelinuvchi oziq- ovqat festivalidir. Unda dunyoning turli burchaqlaridan tashrif buyurgan sayyohlar ishtirok etishadi.






