AsosiyJamiyat

​Fermerlarni jaziramada avtobusga qamagan Kasbi tuman IIB boshlig`i ishdan bo`shatildi

'​Fermerlarni jaziramada avtobusga qamagan Kasbi tuman IIB boshlig`i ishdan bo`shatildi'ning rasmi

Kasbi tumani IIB boshlig`i, podpolkovnik Chori Ko`charov Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan o`tkazilgan xizmat tekshiruvi yakuniga ko`ra egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumani IIB boshlig`ining fermerlarga nisbatan harakati, ya`ni seminarga deb fermerlarni dala maydoniga yig`gani hamda ularning orasidagi 10 dan ortiq kishini jaziramada bir necha soatlab avtobusga qamab qo`ygani yuzasidan tarqatilgan video va matnli materiallar bo`yicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilayotgani haqida ma`lumot berilgandi. Shuningdek, ushbu holatlar yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani aytilgan edi.

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan ma`lum qilinishicha, xizmat tekshiruvi yakuniga ko`ra Kasbi tumani IIB boshlig`i podpolkovnik Ch.Ko`charovishdan bo`shatildi.

    Boshqa yangiliklar