Ertaga, 30 iyul kuni Tojikiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzoning oila a`zolari va yaqinlari Samarqand va Buxoro viloyatlari bo`ylab sayohat qilish uchun tashrif buyuradi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma`lum qildi.
10 nafar mehmonlar Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Jarqo`rg`on chegara postida soat 10.00 da Markaziy harbiy okrugi mas`ul ofiserlari tomonidan kutib olinadi. Bir kun davomida Samarqand shahridagi diqqatga sazovor va tarixiy obidalar bo`ylab sayohat qilishadi.
31 iyul kuni esa Buxoro shahriga yo`l oladi.






