AsosiyJamiyat

O`zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari xalqaro musobaqada uchinchi o`rinni egalladi

'O`zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari xalqaro musobaqada uchinchi o`rinni egalladi'ning rasmi

O`zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 24-29 iyul kunlari Qozog`iston Respublikasining Olmaota shahrida MDHga a`zo mamlakatlar do`stona armiyalarining oliy harbiy ta`lim muassasalari kursantlari o`rtasida o`tkazilgan musobaqada ishtirok etib qaytdi.

Xalqaro harbiy musobaqadaO`zbekiston, Qozog`iston, Armaniston, Rossiya, Qirg`iziston, Tojikiston va Belarus Respublikalaridan jami 170 nafar kursant ishtirok etdi. Kursantlar o`rtasida birinchi marta o`tkazilgan xalqaro sport o`yinlari Ikkinchi jahon urushining 75 yilligiga bag`ishlandi.

Ishtirokchilar futbol, harbiylashgan kross, sport orientirlashi, qo`l jangi va pnevmatik miltiqdan aniq nishonga otish bo`yicha bellashdilar.

Yakuniy natijalarga ko`ra, rossiyalik kursantlar 1-o`ringa, qozog`istonlik ishtirokchilar 2-o`ringa va O`zbekistonlik harbiylar 3-o`ringa sazavor bo`ldilar.

Yakkalik bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi:

  • Futbol – 1-o`rin – Rossiya, 2-o`rin – Qozig`iston, 3-o`rin – O`zbekiston;
  • Harbiylashgan kross – 1-o`rin – Qozig`iston,2-o`rin– O`zbekiston, 3-o`rin –Qirg`iziston;
  • Qo`l jangi – 1-o`rin – Rossiya, 2-o`rin – O`zbekiston, 3-o`rin – Qozig`iston;
  • Pnevmatik miltiqdan aniq nishonga otish – 1-o`rin – Qozog`iston, 2-o`rin – Rossiya, 3-o`rin – Belarus (O`zbekiston 4-o`rinda);
  • Sport orientirlashi – 1-o`rin – Rossiya, 2-o`rin – Qozog`iston, 3-o`rin – Belarus (O`zbekiston 4-o`rinda)

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar