AsosiyJamiyat

Hafta boshida jazirama issiq harorat saqlanib turadi

'Hafta boshida jazirama issiq harorat saqlanib turadi'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi 30 iyul-2 avgustga ob-havo ma`lumotini e`lon qildi:

QORAQALPOG`ISTON VA XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 30-31 iyul va 1 avgustda 22-27, 2 avgustda 24-29, kunduzi 30-31 iyulda 35-40, 1 avgustda 37-42 daraja issiq bo`ladi. 2 avgustda esa harorat tushishi kutilmoqda - kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 23-28, kunduzi 38-43 daraja issiq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 22-27, kunduzi 36-41 daraja issiq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 23-28, kunduzi 38-43 daraja issiq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kuni ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 37-42 daraja issiq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 27-32 daraja issiq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar