Prezident Shavkat Mirziyoev 26 iyul kuni mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo`yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Qur`on tilovat etilib, marhumning haqiga duo qilindi. Nuroniylar, ulamolar bilan suhbatda Islom Karimovning xalqimiz, davlatimiz manfaati yo`lidagi xizmatlari, insoniy fazilatlari yodga olindi.










