AsosiyDunyo

Hindistonda to`g`on buzilishi oqibatida qishloq vayron bo`ldi

'Hindistonda to`g`on buzilishi oqibatida qishloq vayron bo`ldi'ning rasmi

Hindiston sharqida suv to`g`onining buzilishi natijasida butun bir qishloq vayron bo`ldi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Fojia mamlakatning Bixar shtatida ro`y berdi. Qishloq sanoqli daqiqalarda vayronaga aylandi. Hodisa oqibatida kamida 50 dan ortiq uylarning buzilgani xabar qilinmoqda. Odamlar o`zlari uchun zarur buyumlarni olishga ham ulugurishmagan. Ushbu qishloq bir haftadan buyon butun Bixar shtati kabi suv toshqinlaridan aziyat chekayotgan edi.

Mintaqada kuzatilayotgan kuchli yog`ingarchilik natijasida daryolar qirg`oqlaridan toshib chiqqan. Eng so`nggi rasmiy xabarlarga ko`ra, tabiiy ofat natijasida umumiy hisobda 100 dan ortiq kishi halok bo`lgan. Toshqinlardan qo`shni Asam shtati ham aziyat chekmoqda. Bu erda suv toshqinlari tufayli miliondan ortiq kishi o`z uy-joylarini tashlab chiqishga majbur bo`ldi. 60 nafardan ortiq kishi esa halok bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar