Tuzning me`yoridan ortiqcha iste`mol qilinishi yurak xastaliklari va oshqozon saratoniga olib kelishi mumkinligi aytilmoqda. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.
London impereal kolleji va Liverpul unversiteti olimlari yoshi kattalar kuniga 6 gramm yoki bo`lmasam bir choy qoshiq, bolalar esa 3 gramm miqdorida tuz iste`mol qilishi maqsadga muvofiq ekanligini ta`kidlashmoqda. Biroq tadqiqot natijalariga ko`ra, Britaniyada me`yoridan ortiqcha tuz iste`mol qilish ko`rsatkichlari kamaymayapti. Ma`lumotlarga ko`ra, Angliya fuqarosi bir kunda o`rtacha 8 gramm miqdorda tuz iste`mol qiladi. Odamlar organizimiga tuz asosan non, yarim tayyor go`sht mahsulotlari va gazaklar orqali tushmoqda.
Agar vaziyat shu zaylda davom etsa, 2025 yilga kelib mamlakatda yurak xastaliklari bilan bog`liq 26 mingta va oshqozon saratoni bilan bog`liq 3800 ta yangi holat qayd etilishi mumkinligi haqida ogohlantirishmoqda. Dietologlar odamlarning, ayniqsa bolalar kuniga qancha tuz iste`mol qilayotganini bilmasligini ta`kidlashmoqda. Bu esa yurak qon-tomir tizimi kasalliklariga, qon bosimining oshishiga va umuman inson salomatligining yomonlashuviga olib kelmoqda. Olimlar hukumatni mazkur masalada zudlik bilan chora ko`rishga chaqirmoqda.






