AsosiyDunyo

Hindiston Oyga o`zining kosmik stansiyasini uchirdi (Video)

'Hindiston Oyga o`zining kosmik stansiyasini uchirdi (Video)'ning rasmi

Bu mamlakat fan va texnika sohasida tarixiy voqea sifatida e`tirof etilmoqda. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Parvoz Bengal ko`rfazidagi Shrixarikot fazoviy markazida amalga oshirildi. Raketa Er orbitasiga bortida maxsus modul bo`lgan "Chandrayan-2" avtomatik kosmik stansiyani olib chiqdi. Hisob-kitoblarga ko`ra stansiya Oyning janubiy qutbiga muvaffaqiyatli qo`ngandan so`ng ikki hafta mobaynida ushbu hududda tadqiqot ishlarini olib boradi.

Maxsus qurilma Oy tuprog`ining geologik tarkibini o`rganish uchun namunalar to`playdi. Ahamiyatli tomoni Oyning ushbu qismiga shu vaqtga qadar bironta ham Erdan uchirilgan kosmik qurilma qo`nmagan. Mazkur loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, Hindiston AQSh, Rossiya va Xitoydan keyin Oyga qo`nishni uddalagan to`rtinchi mamlakatga aylanadi. Ushbu missiyaga 140 mln. AQSh dollaridan ortiq mablag` sarflangan.


Boshqa yangiliklar