AsosiySiyosat

Qirg`iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi

'Qirg`iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov telefon orqali muloqot qildilar.

Sooronbay Jeenbekov Qirg`iziston xalqi va shaxsan o`z nomidan davlatimiz rahbarini tug`ilgan kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog`lik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Davlat rahbarlari O`zbekiston-Qirg`iziston strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Turli darajalardagi aloqalar faollashgani, tovar ayirboshlash ortayotgani, gumanitar almashinuvlar jadallashgani alohida ta`kidlandi.

Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o`rtasidagi do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida birgalikdagi sa`y-harakatlarni, jumladan, hukumatlararo komissiyalar doirasida davom ettirishga kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar