O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 24 iyul kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Tojikiston Prezidenti davlatimiz rahbarini tug`ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Prezidentimizning O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi roli va faol sa`y-harakatlari alohida qayd etildi.
Suhbatda davlat rahbarlari ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
O`zaro savdo hajmini oshirish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperasiyani kengaytirish, faol gumanitar almashinuvlarni, jumladan, chegaradosh hududlar o`rtasidagi aloqalarni davom ettirish muhimligi ta`kidlandi.






