Bojxona xodimlari tomonidan qurol-yarog` va o`q-dorilarning bojxona chegarasi orqali noqonuniy ravishda olib o`tilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligi fosh etildi.
Xususan, “Samarqand” xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro Ch.S. “yashil” yo`lak orqali bojxona nazoratidan o`tayotganida uning bezovtalanishi bojxonachilar e`tiborini tortdi.
Shundan so`ng, bojxona xodimlari fuqaroga tegishli yuklarni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirishdi. Natijada yuklar ichida 50 dona 12/70 mm kalibrli ov quroli gilzalari yashirilganligi ma`lum bo`ldi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






