Sifati kafolatlanmagan tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga bojxona organlari tomonidan chek qo`yildi.
Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan “Sariosiyo” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelayotgan ayrim fuqarolarning qing`ir ishi fosh etildi.
Fuqarolar B.I., F.A., M.F. lar qo`shni mamlakatdan belgilangan me`yorlardan ortiq bo`lgan, umumiy qiymati 10 million so`mlik maishiy texnika tovarlarini olib o`tmoqchi bo`lganliklari aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.






