Chechenistonning Birinchi Prezidenti Admad hoji Qodirov tug`ilgan qishloq uning sharafiga qayta nomlandi, u endilikda “Ahmad-Yurt”, deb ataladi.
“Checheniston parlamenti bir ovozdan shunday qarorga keldi“, deyiladi “Ria Novosti” xabarida.
Ta`kidlanishicha, bu qishloq aholisi may oyidayoq shu qarorga kelib, bu taklif qishloq kengashi tomonidan parlamentga kiritilgan.
Parlament spikeri Magomed Daudov taklifni qishloqda yashovchi har bir fuqaro astoydil ma`qullaganini qayd etdi.






