AsosiyDunyo

Fors ko`rfazida kemalar xavfsizligiga tahdid ortayotganligi ma`lum qilindi (Video)

'Fors ko`rfazida kemalar xavfsizligiga tahdid ortayotganligi ma`lum qilindi (Video)'ning rasmi

Angliya hukumati Fors ko`rfazida kemalar xavfsizligiga tahdid ortib borayotganini ma`lum qildi. Mazkur jarayonda rasmiy London Eronni ayblamoqda. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Eron katerlari Ormuz bo`g`ozida Britaniya neft tankerini ta`qib qilib qo`lga olishga harkat qilgan. Biroq tankerni kuzatib kelayotgan Qirollik harbiy-dengiz kuchlari kemasi bunga imkon bermagan. O`z navbatida rasmiy Tehron bu ayblovlar asossiz ekanligini ta`kidlamoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Djavdad Zarif ma`lum qildi.

Buyuk Britaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Djonsonning ta`kidlashicha, mamlakat bayrog`i ostida Fors ko`rfazining xalqaro suvlarida suzayotgan kemalar xavfsizligini to`liq ta`minlash lozim. Eslatib o`tamiz, o`tgan hafta Britaniya harbiy-dengiz kuchlari Gibraltar sohillari yaqinida EronningGrace 1 tankerini qo`lga olgan edi. Bunga esa Evropa Ittifoqi tomonidan belgilangan sanksiyalarning buzilishi asos sifatida e`tirof etilgandi. Mahalliy polisiya kema kapitani bosh yordamchisini qo`lga olgan. Bu jarayonni Eron qaroqchilik, deb atagan va zudlik bilan javob choralari qo`llashni bildirgan edi.


Boshqa yangiliklar